Loyihaning maqsadi: Mavjud kiyim-kechak do'koni uchun to'liq avtomatlashtirilgan savdo botini yaratish. Bot nafaqat mahsulot sotishi, balki barcha ma'lumotlarni bizning ichki bazamizga yuborishi kerak.
Asosiy funksional talablar:
Katalog: Mahsulotlarni kategoriyalar bo'yicha ko'rish, qidiruv tizimi va har bir mahsulot uchun alohida karta.
Savat va Buyurtma: Inline rejimda savatni tahrirlash va buyurtmani rasmiylashtirish (ism, telefon, manzil/geolokatsiya).
To'lov tizimi: Click va Payme API integratsiyasi.
Admin Panel: Yangi mahsulot qo'shish, statistika va foydalanuvchilarga xabar yuborish imkoniyati.
Integratsiya: Buyurtmalar haqidagi ma'lumotlarni Google Sheets yoki Telegram guruhiga real vaqtda yuborish.
Texnik talablar:
Stek: Python (Aiogram 3.x), PostgreSQL.
Kod standarti: Clean Code, modulli struktura, asinxron yondashuv.
Xavfsizlik: SQL injection va boshqa zaifliklardan himoyalangan bo'lishi shart.
Natija: Ish tayyor kod (GitHub/GitLab) va serverga (Docker orqali) o'rnatilgan holda topshirilishi kerak.