Zamonaviy saytlar va veb-ilovalarni to'liq 0 dan ishlab chiqaman: dizayndan tortib serverga joylashtirishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni o'zim bajaraman. Next.js + Supabase + Tailwind CSS texnologiyalarida ishlayman. Bu stack loyihani tez, xavfsiz va kelajakda kengaytirish mumkin bo'lgan tarzda qurish imkonini beradi.
Xizmatlarim:
— Korporativ saytlar va landing sahifalar. Davlat va tarmoq tashkilotlari bilan ishlash tajribasiga egaman.
— Veb-ilovalar: foydalanuvchi avtorizatsiyasi, ma'lumotlar bazasi (Supabase/PostgreSQL) va API integratsiyasi bilan.
— Dizayn: Figma'da maket tayyorlash va uni kodga o'tkazish. Alohida dizaynerga pul sarflashingiz shart emas — to'liq siklni o'zim bajaraman.
— Deploy va texnik sozlash: Vercel, VPS yoki mijozning o'z serverida ishga tushirish.
Ish uslubim
Zamonaviy AI vositalaridan foydalanib ishlayman. Bu ishlab chiqish muddatini 2–3 barobar qisqartiradi, sifatga esa ta'sir qilmaydi. Natijada mijoz loyihani odatdagidan tezroq va arzonroq qo'lga kiritadi. Har bir loyihada avval reja va taxminiy ko'rinishni kelishib olamiz, keyin ishga kirishaman — kutilmagan natijalar bo'lmaydi.
У пользователя пока нет работ в портфолио
У пользователя пока нет опубликованных услуг
Пока нет отзывов