Rovshan
Assalomu alaykum! Men Flutter freymvorkida mobil va desktop ilovalar yaratuvchi dasturchiman.
Mijozlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy dizayn, qulay interfeys va yuqori tezlikda ishlovchi dasturlarni noldan tayyorlab beraman.
Mening asosiy yo'nalishlarim va imkoniyatlarim:
* Android ilovalar yaratish (.apk / .aab)
* Windows kompyuter dasturlari (.exe) ishlab chiqish
* Chiroyli va adaptiv UI/UX dizayn integratsiyasi
* Backend va API (REST API, Firebase) bilan ishlash
* Toza arxitektura va xatosiz ishlaydigan kod bazasi
Har bir loyihaga mas'uliyat bilan yondashaman, belgilangan muddatga qat'iy amal qilaman va loyihani to'liq topshirgunga qadar qo'llab-quvvatlayman. Hamkorlik qilishdan mamnun bo'laman!