Shaxzodbek Abduslomov
Men dasturiy ta’minot ishlab chiqish, mobil va web ilovalar yaratish hamda server va backend tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga egaman. Asosan Flutter yordamida Android va iOS ilovalar, shuningdek Node.js, Next.js, PHP va PostgreSQL/MySQL asosida web va backend tizimlar ishlab chiqaman.
Loyihalarni ishlab chiqishda Clean Architecture, REST API, JWT autentifikatsiya, ma’lumotlar bazasi, Redis, Git va server konfiguratsiyasi kabi texnologiyalardan foydalanaman. Linux serverlari, VPS, deployment, domen va SSL sozlamalari hamda tizimlarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham tajribam bor.
Mobil ilovalarni Google Play va App Store uchun release qilish, testdan o‘tkazish va publishing jarayonlari bilan ham ishlaganman.
Mutaxassisligimning asosiy yo‘nalishi — zamonaviy, xavfsiz va foydalanuvchi uchun qulay web va mobil ilovalarni ishlab chiqish hamda ularni server infratuzilmasiga integratsiya qilish.
У пользователя пока нет работ в портфолио
У пользователя пока нет опубликованных товаров
Пока нет отзывов