Dowork.uz’da buyurtma uchun to‘lov jarayoni soddalashtirildi
Dowork.uz’da buyurtma uchun to‘lov jarayoni soddalashtirildi
Dowork.uz’da xizmat buyurtma qilish jarayonini yanada qulaylashtirdik. Endi buyurtmachi kerakli xizmatni tanlaganda balansida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, avval alohida balans to‘ldirib, keyin qaytib buyurtma berishi shart emas.
Balans yetarli bo‘lmasa nima bo‘ladi?
Masalan, xizmat narxi 216 000 so‘m, foydalanuvchining balansida esa mablag‘ yo‘q. Bunday holatda tizim yetishmayotgan summani ko‘rsatadi va buyurtmachiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.
Foydalanuvchi o‘ziga qulay to‘lov usulini tanlaydi va to‘lov sahifasiga o‘tadi. To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, buyurtma avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.
Ya’ni endi:
Xizmatni tanlash → to‘lovni amalga oshirish → buyurtma avtomatik rasmiylashtiriladi.
Keyingi jarayon qanday davom etadi?
Buyurtma rasmiylashtirilgach, ijrochiga uning xizmati buyurtma qilingani haqida xabar yuboriladi. Ijrochi buyurtmani qabul qiladi.
Shundan so‘ng buyurtmachi ish uchun kerakli material va ma’lumotlarni ijrochiga yuboradi. Ijrochi esa ishni bajarishga kirishadi va tayyor natijani buyurtmachiga topshiradi.
Buyurtmachi ishni qabul qilgach, bitim yakunlanadi va bitimga kiritilgan mablag‘ ijrochining Dowork.uz’dagi hisobiga o‘tkaziladi.
Nima o‘zgardi?
Avval buyurtma berishdan oldin balansni yetarli miqdorda to‘ldirib olish kerak edi. Endi esa bu jarayon ancha soddalashdi — buyurtma berishning o‘zida yetishmayotgan summani to‘lash mumkin.
Bu o‘zgarish foydalanuvchilarimizga xizmatlarni xarid qilishda ortiqcha qadamlarni kamaytirish va buyurtmani tezroq rasmiylashtirish imkonini beradi.
Dowork.uz’da xizmat buyurtma qilish jarayonini imkon qadar sodda va tushunarli qilishda davom etamiz.