Portalda tashqaridan topilgan individual mijoz bilan ishlash va unga tayyor to‘lov havolasini yuborish imkoniyati yaratildi.
Dowork.uz’da individual mijozlarga to‘lov havolasi yuborish mumkin
Dowork.uz’da endi platformadan tashqarida topilgan individual mijozlar bilan ishlash yanada qulay bo‘ldi. Agar mijoz bilan Telegram, telefon yoki boshqa aloqa vositasi orqali kelishib olgan bo‘lsangiz, unga Dowork.uz orqali to‘lov havolasini yuborishingiz mumkin.
To‘lov havolasi qanday ishlaydi?
Ijrochi Dowork.uz’da mijoz bilan kelishilgan ish uchun to‘lov havolasini yaratadi. Havolani yaratishda ish nomi, tavsifi, narxi, valyutasi va boshqa kerakli ma’lumotlar kiritiladi.
Havola tayyor bo‘lgach, uni mijozga yuborish kifoya.
Mijoz havola orqali kirib, taklif bilan tanishadi. Agar u hali Dowork.uz’da ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishi va taklifni qabul qilishi mumkin.
Shundan so‘ng mijoz bitim uchun to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov amalga oshirilgani va taklif qabul qilingani haqida ijrochiga xabar yuboriladi.
Keyingi jarayon qanday davom etadi?
To‘lov amalga oshirilgach, buyurtmachi ishni bajarish uchun kerakli material va ma’lumotlarni ijrochiga yuboradi.
Ijrochi ishni bajarishga kirishadi, tayyor natijani topshiradi. Buyurtmachi esa bajarilgan ishni ko‘rib chiqib, qabul qiladi.
Ish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangach, bitim summasi ijrochining Dowork.uz’dagi hisobiga o‘tkaziladi.
Individual mijozlar bilan ishlash yanada foydali
Bu funksiya, ayniqsa, mijozlarini Dowork.uz’dan tashqarida topadigan frilanserlar uchun qulay.
Masalan, Telegram orqali sizga murojaat qilgan mijoz bilan ish bo‘yicha kelishib oldingiz. Endi unga to‘lov havolasini yuborib, mijozni Dowork.uz orqali xavfsiz bitimga olib kirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, to‘lov havolasi orqali olib kirilgan va muvaffaqiyatli yakunlangan bitimlar uchun frilanserdan olinadigan xizmat komissiyasi odatdagi komissiyaga nisbatan 50% kamroq bo‘ladi.
Ya’ni frilanser nafaqat individual mijoz bilan ishlashni Dowork.uz orqali xavfsiz tashkil qiladi, balki muvaffaqiyatli yakunlangan bunday bitimlarda xizmat komissiyasini ham tejaydi.
Shu orqali platformadan tashqarida topilgan mijozlarni Dowork.uz’ga olib kirish frilanser uchun yanada manfaatli bo‘ladi.
Dowork.uz’da frilanserlar va ularning mijozlari uchun ishlash jarayonini yanada qulay, sodda, xavfsiz va manfaatli qilishda davom etamiz.