To'lov qilish usullari kengaytirildi
Dowork.uz’da yangi to‘lov usullari qo‘shildi
Ko‘p sonli foydalanuvchilarimizning talablariga binoan, portalimizda hisobni to‘ldirish uchun to‘lov usullarini kengaytirdik. Endi platformadagi balansni Payme, Click, Uzum va Alif orqali to‘ldirish mumkin.
Yangi to‘lov usullarining qo‘shilishi foydalanuvchilarga balansni to‘ldirishda o‘zlari foydalanadigan va o‘zlariga qulay bo‘lgan xizmatni tanlash imkonini beradi.
To‘lovni amalga oshirish uchun balansni to‘ldirish jarayoni juda sodda va tushunarli qilib ishlangan. Kerakli to‘lov usulini tanlash, summani kiritish va ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish kifoya.
Bugungi kunda texnologiyalar va to‘lov xizmatlari tez sur’atlarda rivojlanib, foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lib bormoqda. To‘lov usullarini kengaytirishimiz esa biz ham foydalanuvchilarimizning fikr va mulohazalarini doimiy ravishda eshitib, ularning ehtiyojlariga mos ravishda platformani rivojlantirib borayotganimizning yana bir dalilidir.
Albatta, bu to‘lov usullarini kengaytirish yo‘lidagi so‘nggi qadam emas. Nasib qilsa, bosqichma-bosqich xalqaro to‘lov tizimlarini ham qo‘shib borishni rejalashtiryapmiz.
O‘ylaymizki, bu yo‘nalishdagi amaliy harakatlarimiz foydalanuvchilarimizga ham ma’qul keladi va Dowork.uz’dan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.
O‘z mijozlariga chuqur hurmat va ehtirom bilan,
Dowork.uz jamoasi.