Loyihani tavsifi:
AgroUstoz — bu qishloq xoʻjaligini zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli yechimlar bilan rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyiha. Jamoamizni kengaytirish uchun isteʼdodli va masʼuliyatli mutaxassislarni qidirmoqdamiz.
Loyihaning maqsadlari:
- Qishloq xoʻjaligi uchun zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish.
- Infratuzilmani yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun IT-mutaxassislarni jalb qilish.
- Loyiha uchun agronomiya va kontent sohasida ekspertlarni yollash.
- Menejerlar yordamida loyihani samarali boshqarish va rivojlantirishni taʼminlash.
Mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar:
- IT yoʻnalishi: Frontend Developer, Backend Developer, Full Stack Developer, Mobile Developer (Android / iOS), UI/UX Designer, QA Tester, DevOps Engineer.
- Agro va kontent yoʻnalishi: Agronom mutaxassisi, qishloq xoʻjaligi boʻyicha konsultant, kontent yaratuvchi, SMM Manager, marketing mutaxassisi.
- Boshqaruv yoʻnalishi: Project Manager, Product Manager, Sales Manager, HR Manager.
- Oʻz yoʻnalishi boʻyicha chuqur bilim va tajriba.
- Yuqori masʼuliyatlilik.
- Jamoada ishlash qobiliyati.
- Yangi texnologiyalarni oʻrganishga intilish.
Kutilayotgan natija:
Agro-sanoat kompleksini raqamlashtirish va samaradorlikning yangi bosqichiga olib chiqishga qodir professional jamoani yaratish.
murojaat uchun https://forms.gle/DMfro95P4pascMkX7