Barchasi grafika va dizayn

Telegram bot: Onlayn do'kon va CRM integratsiyasi

Loyiha tavsifi

Loyihaning maqsadi: Mavjud kiyim-kechak do'koni uchun to'liq avtomatlashtirilgan savdo botini yaratish. Bot nafaqat mahsulot sotishi, balki barcha ma'lumotlarni bizning ichki bazamizga yuborishi kerak.

Asosiy funksional talablar:

  1. Katalog: Mahsulotlarni kategoriyalar bo'yicha ko'rish, qidiruv tizimi va har bir mahsulot uchun alohida karta.

  2. Savat va Buyurtma: Inline rejimda savatni tahrirlash va buyurtmani rasmiylashtirish (ism, telefon, manzil/geolokatsiya).

  3. To'lov tizimi: Click va Payme API integratsiyasi.

  4. Admin Panel: Yangi mahsulot qo'shish, statistika va foydalanuvchilarga xabar yuborish imkoniyati.

  5. Integratsiya: Buyurtmalar haqidagi ma'lumotlarni Google Sheets yoki Telegram guruhiga real vaqtda yuborish.

Texnik talablar:

  • Stek: Python (Aiogram 3.x), PostgreSQL.

  • Kod standarti: Clean Code, modulli struktura, asinxron yondashuv.

  • Xavfsizlik: SQL injection va boshqa zaifliklardan himoyalangan bo'lishi shart.

Natija: Ish tayyor kod (GitHub/GitLab) va serverga (Docker orqali) o'rnatilgan holda topshirilishi kerak.

Byudjet
150,000 Sum
Ko'rib chiqish muddati 450,000 Sum
Status E'lon qilingan
Kategoriya Chat-botlar
E'lon qilingan 3 soat avval
Yopilishigacha 4 д. 20 ч.
Ko'rishlar 2