Malumotlar tahlilchisi/ Data analyst
Men SQL, Python, Power BI, SSIS va veb-dashbordlar yaratish bo‘yicha 1,5 yillik amaliy tajribaga ega Data Analyst va Data Engineerman. Murakkab va xom ma'lumotlarni interaktiv dashboardlar, avtomatlashtirilgan ETL jarayonlari hamda zamonaviy hisobot yechimlari orqali mazmunli biznes tahlillariga aylantirishga ixtisoslashganman.
Ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish orqali kompaniyalarga ma'lumotlarga asoslangan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda yordam beraman. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun qulay va zamonaviy veb-dashbordlar yaratish, biznes ko‘rsatkichlarini kuzatish va analitik hisobotlarni avtomatlashtirish bo‘yicha tajribaga egaman.
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni boshlash uchun menga quyidagilar kerak bo'ladi:
- Ma'lumotlaringizga kirish (barcha xavfsizlik choralari bilan).
- Ma'lumotlar tahlili orqali hal qilmoqchi bo'lgan biznes vazifalaringizni aniq tushunish.
- Istagan hisobotlar yoki dashboardlarning namunalari (agar mavjud bo'lsa).
- Dashboardlar yoki hisobotlar ishlatiladigan tizim haqida ma'lumot (masalan, veb-ilovalar, BI platformalari).
Xizmat hajmi
Ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish, ETL jarayonlarini yaratish, interaktiv dashboardlar va hisobotlarni ishlab chiqish.
Hozircha sharhlar yo'q