Keng qamrovli yordam: dizayn, video, matnlar, MS Office
Biznesingiz va shaxsiy loyihalaringiz uchun keng ko'lamli xizmatlarni taklif qilaman:
- Grafik dizayn (Canva): Professional taqdimotlar, Instagram va Telegram uchun postlar, reklama bannerlari, taklifnomalar, sertifikatlar va boshqa grafik materiallarni yaratish.
- Video montaj (CapCut): Reels va Shorts videolarini montaj qilish, videolarga matn, musiqa, effektlar va subtitrlar qo‘shish, videolarni tahrirlash.
- Taqdimotlar (PowerPoint): Chiroyli, mazmunli va professional taqdimotlarni ishlab chiqish.
- Hujjatlar bilan ishlash (Word): Matn terish, hujjatlarni tahrirlash, formatlash va tartibga keltirish.
- Elektron jadvallar (Excel): Jadvallar tuzish, ma’lumotlarni kiritish va saralash.
- Turk tili: Onlayn darslar, o‘quv materiallari, testlar va dars rejalarini tayyorlash.
- Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram va Telegram uchun post matnlarini yozish, kontent yaratish, mijozlar bilan yozishmalar olib borish.
Barcha xizmatlar masofadan, sifatli va kelishilgan muddatda, sizning individual talablaringizni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni boshlash uchun menga quyidagilar kerak bo'ladi:
- Sizning istaklaringizni batafsil bayon etuvchi texnik topshiriq.
- Mavjud bo'lgan taqdirda, boshlang'ich materiallar (matnlar, fotosuratlar, videolar, logotiplar va boshqalar).
- Maqsad va auditoriya haqida qisqacha ma'lumot (dizayn va matnlar uchun).
- Sizga yoqadigan namunaviy ishlar (agar mavjud bo'lsa).
Topsheriqni qanchalik batafsil bayon qilsangiz, men uni shunchalik aniq bajara olaman.
Xizmat hajmi
Dizayn, video montaj, matnlar va MS Office dasturlari bilan ishlash, shuningdek, turk tilida materiallar tayyorlash vazifalarini bajarish.
Hozircha sharhlar yo'q