Linux VPS server sozlash, loyihalarni Docker-ga o'tkazish va Cloudflare
Sizga o'z veb-ilovangiz yoki saytingiz uchun xavfsiz, tezkor va barqaror ishlaydigan server muhiti kerakmi? Men sizga loyihangizni serverga to'g'ri yuklash (deploy) va uni tashqi xavflardan himoya qilishda yordam beraman.
Men yangi muhandis bo'lsam-da, zamonaviy DevOps va tizim boshqaruvi asboblaridan to'g'ri foydalana olaman va har bir vazifaga mas'uliyat bilan yondashaman.
Ushbu xizmat doirasida quyidagi ishlarni bajarib berishim mumkin:
1. VPS/VDS serverni noldan sozlash (Ubuntu/Debian) va SSH kalitlar, UFW Firewall orqali uning xavfsizligini ta'minlash.
2. Loyihangizni (Node.js, Python, PHP) Docker va Docker Compose yordamida konteynerizatsiya qilish (bu server ko'chirilganda yoki qayta o'rnatilganda juda asqotadi).
3. Nginx veb-serverini Reverse Proxy sifatida xavfsiz sozlash va SSL sertifikatlarini o'rnatish.
4. Saytingizni Cloudflare tizimiga integratsiya qilish: DDoS hujumlaridan himoya, DNS yozuvlarini to'g'rilash va CDN keshini sozlash orqali saytni tezlashtirish.
Ishlarni bosqichma-bosqich topshiraman va xavfsiz bitim (Eskrou) tizimida ishlayman.
Savollaringiz bo'lsa, xizmatni sotib olishdan oldin sayt chatida bemalol muloqot qilishimiz mumkin!
Buyurtma uchun nima kerak
VPS server ma'lumotlari (IP manzil, login va parol).
Cloudflare akkaunti yoki domen boshqaruvi paneli (agar domen bog'lash kerak bo'lsa).
Serverga yuklanishi kerak bo'lgan loyiha kodi (GitHub havolasi yoki arxiv fayli).
Xizmat hajmi
Ushbu xizmat (150 000 UZS dan 1 000 000 UZS gacha) doirasiga 1 ta VPS serverni toza sozlash, xavfsizligini ta'minlash (Firewall), 1 ta loyihani Docker-ga o'tkazish hamda 1 ta domenni Cloudflare tizimiga bog'lash kiradi.
Hozircha sharhlar yo'q