Mobilografdan professional video montaj
Men mobilografman, statik va dinamik kadrlarni suratga olib, montaj qila olaman. Turli xil montaj uslublarini, jumladan Speed Rump, cinematic, shuningdek, mijoz talabiga ko'ra trenddagi videolar yaratishim mumkin. Men o'zim olgan kadrlardan foydalanaman agar kadrlar qoniqarli olingan bolsa bundan mustasno va sun'iy intellekt bilan ishlamayman. Montaj jarayoni suratga olish ishlari tugaganidan so'ng 2 kundan oshmaydi. Agar o'ziga xos g'oyangiz bo'lsa, individual shartlarni kelishib olishimiz mumkin.
Afzalliklar:
- Mobil qurilmalarda yuqori sifatli video olish va montaj qilish.
- Turli montaj uslublarini yaratishda moslashuvchanlik.
- Buyurtmalarni tezkor bajarish.
- Sizning ehtiyojlaringiz uchun yangi ilovalarni o'rganishga tayyorman.
Men ishlay oladigan ilovalar:
- Blurr app
- CapCut
- Phtoromp
- Retouch
- Va shunga o'xshash boshqa ilovalar.
Agar loyihangiz uchun boshqa ilovalar kerak bo'lsa, ularni qisqa vaqt ichida o'rganib, siz aytgan ilovalarda ham montaj qila olaman, kompyuter uchun mo'ljallangan dasturlar bundan mustasno.
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni boshlash uchun sizdan quyidagi ma'lumotlar talab qilinadi:
- Talab qilinayotgan videoning aniq ta'rifi: uslub, kayfiyat, asosiy jihatlar.
- Asosiy materiallar: foydalanmoqchi bo'lgan videolar va kerak bo'lsa, rasmlar.
- Namuna videolar (referenslar): agar sizga yoqqan video namunasi bo'lsa, iltimos, taqdim eting.
- Ovoz yoki musiqa hamro'hligi: ovoz bo'yicha istaklar bo'lsa, xabar bering.
- Har qanday qo'shimcha tilaklar: sizning vazifangizni yaxshiroq tushunishimga yordam beradigan boshqa har qanday ma'lumot.
Istaklaringizni qanchalik batafsil tavsif qilsangiz, men g'oyangizni shunchalik aniq amalga oshira olaman.
Xizmat hajmi
Mobil ilovalar yordamida video roliklar yaratish va montaj qilish. Statik va dinamik kadrlarni olish, montajni 2 kungacha davom ettirish.
Hozircha sharhlar yo'q