Assalomu alaykum! Biznesingizni internet olamida yuqori bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Unda to‘g‘ri manzildasiz. Men sizning maqsad va talablaringizdan kelib chiqib, yuqori sifatli, zamonaviy va tez ishlaydigan veb-saytlar yaratib beraman.
Qanday turdagi saytlar yarataman?
- Landing Page (Bir sahifali saytlar) — Ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni tezkor sotish uchun.
- Kompaniya saytlari (Vizitka sayt) — Biznesingiz haqida to‘liq ma’lumot va ishonchni oshirish uchun.
- Onlayn do‘konlar — Mahsulotlaringizni internet orqali avtomatlashtirilgan holda sotish uchun.
- Shaxsiy portfolio saytlari — Mutaxassislar va frilanserlar uchun o‘z xizmatlarini ko‘rsatish sahifasi.
Nega aynan men bilan ishlashingiz kerak?
- Moslashuvchan dizayn (Responsive): Sayt barcha qurilmalarda (telefon, planshet, kompyuter) mukammal ko‘rinadi.
- Tezkorlik va optimallash: Saytingiz tez yuklanadi va qidiruv tizimlariga (SEO) mos bo‘ladi.
- Texnik ko‘mak: Sayt topshirilgandan keyin ham ma'lum muddat davomida bepul qo‘llab-quvvatlayman.
Biznesingizni bugunoq professional darajaga ko‘taring! Savollaringiz bo‘lsa, buyurtma berishdan oldin bemalol xabar qoldirishingiz mumkin.
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni sifatli va vaqtida boshlashimiz uchun sizdan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:
- Biznesingiz haqida qisqacha ma'lumot: Nima bilan shug‘ullanasiz va saytdan asosiy maqsad nima?
- Sizga yoqqan misollar (Referenslar): O‘zingizga yoqqan 2-3 ta saytning havolasi (linki).
- Logotip va brend ranglari: Agar mavjud bo‘lsa (bo‘lmasa, mos ranglarni birgalikda tanlaymiz).
- Sayt matnlari va rasmlar: Sahifalarga joylashtirilishi kerak bo‘lgan tayyor matnlar, kontaktlar (telefon, manzil, ijtimoiy tarmoqlar) va mahsulot/xizmat rasmlari.
Texnologiyalar va vositalar
-
Turi:
Landing
-
CMS:
O'z yozuvi
-
Dasturlash tili:
Python
-
Freymvork:
FastAPI, Express.js, NestJS
-
JavaScript interfeysi:
Ha
-
JS Freymvork:
React
-
CSS freymvork:
Tailwind CSS
-
Ma'lumotlar bazasi:
Ko'zda tutilgan
-
Ma'lumotlar bazasi turi:
PostgreSQL
-
Hosting/Deploy:
VPS/VDS, Vercel, Netlify
Xizmat hajmi
Ushbu xizmat (baza tarifi) o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1 ta to‘liq moslashuvchan (responsive) sahifa yaratish.
Asosiy funksionallarni sozlash (aloqa formasi, ijtimoiy tarmoq tugmalari, xarita).
Saytni hosting va domenga joylashtirishda yordam berish.
3 martagacha bepul tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati.
(Eslatma: Qo‘shimcha sahifalar, murakkab funksiyalar yoki onlayn to‘lov tizimlarini ulash qo‘shimcha kelishuv asosida amalga oshiriladi).
Bajarish uchun 1 kun
100% natijaga qadar takomillashtirish