Zamonaviy Telegram bot yasab beraman
Assalomu alaykum! Sizning biznesingiz, o‘quv markazingiz yoki shaxsiy loyihangiz uchun har qanday murakkablikdagi Telegram botlarni Python tilida sifatli va hamyonbop narxda yaratib beraman.
Qanday turdagi botlarni yasay olaman?
✅ Ariza va buyurtma qabul qiluvchi botlar (mijoz ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri admin guruhiga yoki Excel/Google Sheets jadvaliga yuboradi);
✅ Ma’lumot beruvchi va katalog botlar (tugmalar menyusi, manzil, narxlar ro‘yxati, rasm va videolar bilan);
✅ Majburiy obuna botlari (kanal yoki guruhga a’zo bo‘lishni tekshiruvchi botlar);
✅ Maxsus hisob-kitob (Kalkulyator) botlar (murakkab formulalar, foizlar, kredit yoki xizmat narxini avtomatik hisoblab beruvchi);
✅ Telegram Mini App (Web App) — bot ichida ochiladigan zamonaviy mini-ilova interfeysi.
Meni tanlashning 4 ta afzalligi:
Toza va tezkor kod: Bot Python tilida yoziladi, qotib qolmaydi va bir vaqtda ko‘plab foydalanuvchilarga javob beradi.
Serverga o‘rnatib berish: Tayyor bo‘lgan botni bulutli serverga joylab, ishga tushirib beraman.
To‘liq tushuntirish: Botni qanday boshqarish va o‘zgartirishni oddiy tilda o‘rgataman.
Kafolat: Topshirilgandan keyin 10 kun davomida bepul texnik yordam va kichik tuzatishlar kiritib beraman.
Buyurtma berishdan oldin menga yozing — loyihangizni muhokama qilib, eng maqbul yechimni taklif qilaman!
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni boshlashimiz uchun menga quyidagilarni yuboring:
Bot nima vazifa bajarishi kerakligi haqida qisqacha tushuntirish
@BotFather dan olingan Bot Token (agar olishni bilmasangiz, o‘zim 1 daqiqada ochib beraman);
Agar botda maxsus matnlar, rasmlar yoki hisob-kitob formulalari bo‘lsa — shularni yuborish.
Texnologiyalar va vositalar
- Platforma: Telegram
- Dasturlash tili: Python
- Bot funksiyalari: Mahsulotlar katalogi, Boshqaruv paneli, Xabar yuborish, Texnik qo'llab-quvvatlash
Xizmat hajmi
Xizmat narxi ichiga quyidagilar kiradi: — Python tilida tezkor Telegram bot yaratish va sozlash; — Qulay tugmalar menyusi (10 tagacha tugma va buyruqlar); — Mijozlardan ariza qabul qilish va adminga yuborish tizimi; — Tayyor botni bulutli serverga joylab, ishga tushirib berish; — Botdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma va 10 kunlik bepul texnik yordam.
Hozircha sharhlar yo'q