Excel / Google Sheets’da hisobot qilib beraman: formulalar, jadvallar, grafiklar, avtomatlashtirish
Jadvallaringizni tartibga keltiraman va qulay hisobot tayyorlayman — soatlar emas, daqiqalar sarflaysiz.
Nima qila olaman:
Jadvalni tartibga keltirish: takrorlarni o‘chirish, sana va summalarni to‘g‘rilash
Formulalarni sozlash — jami avtomatik hisoblanadi
Svodka jadvallar va grafiklar
Hisobot shabloni: smenalar, savdo, ombor, kassa, ish haqi
Formulalar yordamida avtomatik hisob-kitoblarni sozlash (Google Sheets / Excel)
Har kuni foydalanish qulay bo‘lgan hisobotlar tayyorlayman — shunchaki chiroyli jadvallar emas.
Rus va o‘zbek tillarida muloqot qilaman. Yozing — vazifani bepul muhokama qilamiz.
Buyurtma uchun nima kerak
Excel / Google Sheets faylingiz (yoki ma'lumotlar namunasi)
Natijada nima bo‘lishi kerak: qanday jami, grafiklar, hisobot
Ma'lumotlarni qanchalik tez-tez yangilaysiz (har kuni, hafta, oy)
Xizmat hajmi
1000 qatorgacha bo‘lgan 1 ta jadval: ma'lumotlarni tozalash, formulalar, jami, 3 tagacha grafik yoki svodka jadval. Qanday foydalanish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma. 2 marta tuzatish. Bir nechta fayl va murakkab hisobotlar — kelishilgan holda.
Hozircha sharhlar yo'q