Barchasi grafika va dizayn

Tadbirkorlar uchun virtual yordamchi va Excel/Google Sheets bilan ishlash xizmati

Tadbirkorlar uchun virtual yordamchi va Excel/Google Sheets bilan ishlash xizmati
Xizmat haqida


Assalomu alaykum! Kunlik rejalaringizni yengillashtirish va vaqtingizni tejash uchun sizga professional virtual yordamchi hamda ma'lumotlar bilan ishlash (Data Entry) xizmatini taklif qilaman.

Siz uchun quyidagi vazifalarni sifatli bajarib beraman:

Excel va Google Sheets: Har qanday ma'lumotlarni (PDF, rasm, saytlar yoki matnlardan) jadvallarga xatosiz va chiroyli ko'chirish, tartibga solish hamda filtrlash.

Ma'lumotlar qidiruvi: Internetdan biznesingiz yoki loyihangiz uchun kerakli bo'lgan har qanday axborot, kontaktlar yoki kontentlarni to'plash.

Rutina ishlari: Telegram guruh/kanallari, saytlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar yozgan xabarlarga (direkt/komment) tezkor javob berish.

E'lonlar bilan ishlash: Mahsulot yoki xizmatlaringizni savdo platformalariga (masalan, OLX) joylashtirish va yangilab turish.

Nega aynan men bilan ishlash kerak?

Ishlarni doim belgilangan muddatda (deydlayn) topshiraman.

Mas'uliyatli va diqqatliman, ma'lumotlar xatosiz kiritiladi.

Biznesingizga oid barcha ma'lumotlarning maxfiyligi to'liq saqlanadi.

Loyihangiz hajmi va o'ziga xosligini kelishib olishimiz uchun buyurtma berishdan oldin menga shaxsiy xabar qoldiring. Siz bilan hamkorlik qilishdan xursand bo'laman!

Buyurtma uchun nima kerak

Buyurtmani boshlashim uchun quyidagilar kerak:

Vazifaning aniq sharti (nima ish qilinishi kerakligi).

Ko'chirilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar manbasi (PDF fayl, sayt havolasi yoki rasm).

Ishni tayyorlash bo'yicha maxsus talablar yoki namunalar (agar bo'lsa).

Xizmat hajmi

Bitta buyurtma ichiga:Excel/Google Sheets'da 200 qatorgacha ma'lumotni kiritish va tartibga solish;Yoki virtual yordamchi sifatida 1 soatdan 3 soatgacha bo'lgan kunlik vazifalarni bajarish kiradi.

Bajarish uchun 1 kun 100% natijaga qadar takomillashtirish
Sharhlar 0

Hozircha sharhlar yo'q

15 000 Sum
Bajarish uchun 1 kun 100% gacha qayta ishlash
Buyurtma berish uchun kiring
Qaytarish kafolati
Biror narsa noto'g'ri bo'lsa, pulni qaytaramiz
A
azimjon_1
azimjon
0
Bajarilgan buyurtmalar 0
Ishda 0
Ijobiy 0
Salbiy 0
Davlat O'zbekiston