Перейти к содержимому
Barchasi grafika va dizayn

Biznes uchun Telegram bot: Click/Payme orqali to'lov va admin panel

Biznes uchun Telegram bot: Click/Payme orqali to'lov va admin panel
Xizmat haqida

Mijozlaringiz mahsulot yoki xizmatni tanlab, buyurtma berib, darhol Click yoki Payme orqali to'lay oladigan Telegram bot yasab beraman. Buyurtmalar sizga zudlik bilan keladi, hammasini admin panel orqali boshqarasiz.

Bot imkoniyatlari:

  • Rasm, narx va kategoriyalar bilan mahsulot/xizmatlar katalogi

  • Savat va buyurtma rasmiylashtirish (ism, telefon, manzil, yetkazib berish)

  • Click va Payme orqali onlayn to'lov, avtomatik tasdiqlash bilan

  • Yangi buyurtmalar haqida sizga yoki guruhingizga darhol xabar

  • Mijoz uchun buyurtma holati: qabul qilindi, tayyorlanmoqda, yetkazildi

  • Admin panel: mahsulotlar, narxlar, buyurtmalar, statistika

  • Tillar: o'zbek va rus

Nega men: 3 yildan ortiq tajribaga ega backend dasturchiman (Node.js, NestJS, PostgreSQL). Click va Payme'ni real loyihaga (Joymee.uz) integratsiya qilganman, shuning uchun to'lov ishonchli ishlaydi. Botni serverga joylashtiraman, 24/7 ishlaydi. Manba kodini sizga topshiraman.

Buyurtma berishdan oldin menga yozing, biznesingiz haqida qisqacha ayting, qaysi paket mos kelishini aytib beraman.

Buyurtma uchun nima kerak
  1. Mahsulot yoki xizmatlar ro'yxati: nomi, narxi, rasmlari, kategoriyalari

  2. Bot uchun nom va logotip

  3. Onlayn to'lov uchun: Click va/yoki Payme merchant hisobingiz (hali bo'lmasa, qanday ulashni aytib beraman)

  4. Buyurtmalar qayerga kelsin: Telegramingiz yoki guruh

  5. Tillar, yetkazib berish va buyurtma holatlari bo'yicha istaklaringiz

Texnologiyalar va vositalar
  • Platforma: Telegram
  • Dasturlash tili: Node.js
Xizmat hajmi

Xizmatga kiradi: botni loyihalash va ishlab chiqish, ma'lumotlar bazasi, onlayn to'lovni ulash (Standart va Biznes paketlarida), admin panel, test qilish, serverga joylashtirish va ishga tushirish, manba kodi va qisqa yo'riqnoma topshirish. Topshirilgandan keyin xatolarni bepul tuzatish: 7 kun (Biznes paketida 30 kun). Server (xosting) alohida to'lanadi, odatda oyiga 5 dollardan.

dan Bajarish uchun 5 kun 100% natijaga qadar takomillashtirish
Paketlarni solishtirish

Start

700 000 Sum
  • 5 kun
  • 2 tahrir
Katalog va savatli bot. Buyurtmalar Telegramingizga keladi. Onlayn to'lovsiz (naqd yoki o'tkazma orqali).

Standart

1 500 000 Sum
  • 10 kun
  • 3 tahrir
Start paketidagi hammasi + Click/Payme orqali onlayn to'lov (avtomatik tasdiqlash) + oddiy admin panel (mahsulotlar va buyurtmalar).

Biznes

3 000 000 Sum
  • 14 kun
  • 5 tahrir
Standart paketidagi hammasi + to'liq admin panel (statistika, mijozlar, xabar yuborish), buyurtma holatlari va yetkazib berish, 2 til, 30 kunlik qo'llab-quvvatlash.
Sharhlar 0

Hozircha sharhlar yo'q

700 000 Sum

Katalog va savatli bot. Buyurtmalar Telegramingizga keladi. Onlayn to'lovsiz (naqd yoki o'tkazma orqali).

Bajarish uchun 5 kun 2 tahrir
Buyurtma berish uchun kiring
Qaytarish kafolati
Biror narsa noto'g'ri bo'lsa, pulni qaytaramiz
mirabdullatursunov
mirabdullatursunov
Mirabdulla (MAX)
0
Bajarilgan buyurtmalar 0
Ishda 0
Ijobiy 0
Salbiy 0
Davlat O'zbekiston
dan 700 000 Sum
Kirish