Tildada zamonaviy sayt yaratish
Tilda platformasida zamonaviy va qulay landing page yaratib beraman.
Xizmat doirasida:
zamonaviy va tartibli dizayn;
Tilda’da sahifani professional tarzda yig‘ish;
matn va rasmlarni joylashtirish;
tugmalar va havolalarni sozlash;
kompyuter, planshet va telefon uchun moslashtirish;
mijoz taqdim etgan materiallar asosida sahifa yaratish.
Landing page biznes, mahsulot, xizmat, shaxsiy portfolio yoki boshqa maqsadlar uchun tayyorlanishi mumkin.
Sizdan kerakli ma’lumotlar va materiallarni olaman, qolgan qismini Tilda’da sahifa ko‘rinishida tayyorlab beraman.
Buyurtma uchun nima kerak
Buyurtmani boshlash uchun quyidagilarni yuboring:
landing page mavzusi va maqsadi;
kompaniya yoki loyiha nomi;
sahifaga joylashtiriladigan matnlar;
rasmlar va logotip (agar mavjud bo‘lsa);
aloqa ma’lumotlari;
kerakli sahifalar yoki bo‘limlar haqida ma’lumot;
dizayn bo‘yicha xohishlaringiz yoki namuna sayt havolasi (agar mavjud bo‘lsa).
Agar ayrim materiallar mavjud bo‘lmasa, buyurtma berishdan oldin bu haqda yozish mumkin.
Texnologiyalar va vositalar
- Turi: Axborot sayti
- CMS: Tilda
- JavaScript interfeysi: Yo'q
- CSS freymvork: Sof CSS
- Ma'lumotlar bazasi: Ko'zda tutilmagan
- Hosting/Deploy: Vercel
Xizmat hajmi
1 ta to‘liq landing page yaratish. Landing page 5–7 ta asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi: bosh sahifa, xizmat yoki mahsulot haqida, afzalliklar, galereya yoki portfolio, mijozlar fikri va aloqa bo‘limi. Sahifa Tilda platformasida yaratiladi va kompyuter, planshet hamda telefon ekranlariga moslashtiriladi.
Hozircha sharhlar yo'q