Uzum Market uchun sotuvchi infografika va kartochka dizayni
Assalomu alaykum, hurmatli Uzum Market seller'lari!
Mahsulotingiz xaridor e'tiborini tortishini va sotuvlaringiz oshishini xohlaysizmi? Unday bo'lsa, xaridorni birinchi qarashdayoq jalb qiladigan sifatli va professional infografika kerak!
Men taklif qiladigan xizmatlar:
- Uzum Market va boshqa marketpleyslar talablariga mos kartochkalar yaratish
- Mahsulotning barcha afzalliklari va xususiyatlarini tushunarli ko'rsatib berish
- Rasmlardagi fonni tozalash va sifatini oshirish (HD format)
- Tez va sifatli ijro (1-2 kun ichida)
Nega aynan men?
- Har bir buyurtmaga alohida va mas'uliyat bilan yondashaman
- Haridor psixologiyasiga mos dizayn tayyorlayman
- 1 marta bepul o'zgartirish (tuzatish) kiritib beraman
Buyurtma bering va mahsulot kartochkangizni sifatli ko'rinishga olib chiqing!
Buyurtma uchun nima kerak
Ishni boshlashim uchun quyidagilarni yuborishingiz kerak:
- Mahsulot rasmlari (sifatli bo'lsa yanada yaxshi).
- Mahsulot haqida ma'lumot: nomi, asosiy xususiyatlari va afzalliklari (xaridor bilishi kerak bo'lgan muhim taraflari).
- Dizayn bo'yicha xohishlar (agar bo'lsa): qaysi ranglar ko'proq yoqishi yoki sizga yoqqan namuna (referens) rasmlar.
- Logotip (agar kartochkaga brendingiz logotipini qo'yish kerak bo'lsa).
Xizmat hajmi
1 ta mahsulot uchun 3-5 ta sotuvchi infografika slaydi (PNG/JPEG formatda)
Hozircha sharhlar yo'q