Jadvalingizdan video-hisobot: raqamlar animatsiyada
Excel yoki Google Jadvaldagi raqamlarni qisqa animatsion rolikka aylantiraman: grafiklar o‘sadi, asosiy ko‘rsatkichlar yirik chiqadi, oxirida xulosa. Rahbariyatga hisobot, oy yakunlari yoki ijtimoiy tarmoqdagi post uchun mos. Rolikdagi har bir raqamni jadval bilan solishtiraman.
Buyurtma uchun nima kerak
Ma’lumotlar jadvali. Qaysi 3–5 ko‘rsatkich asosiy va rolik kim uchun. Logotipingiz va brend ranglaringiz. Ovozlashtirish kerakmi.
Texnologiyalar va vositalar
- Animatsiya turi: Infografika
- Davomiylik: 1 daqiqagacha
Xizmat hajmi
60 soniyagacha rolik, 16:9 yoki 9:16, Full HD, grafikli 6 tagacha sahna, fon musiqasi. Ovozlashtirish kelishuv bo‘yicha. 2 ta tuzatish narxga kiritilgan.
Hozircha sharhlar yo'q