Перейти к содержимому
Barchasi grafika va dizayn
ZachyotBot
Xizmat haqida

Muammo: talaba sessiyaga konspektni qayta o'qib tayyorlanadi, qaysi mavzuni bilmasligini esa faqat imtihonda biladi. Qo'lida o'qituvchi bergan ma'ruza bor, lekin undan mashq testi yasaydigan vosita yo'q. Sun'iy intellekt yozgan savol esa xato yoki o'ylab topilgan bo'lishi mumkin.

Yechim: ZachyotBot talabaning o'z materialidan test yasaydi va har savolni manba bilan isbotlaydi.

Asosiy imkoniyatlar:

• PDF, PowerPoint va konspekt fotosidan (OCR) matn ajratish

• O'rganish rejimi: har javobdan keyin izoh, sahifa raqami va ma'ruzadagi isbot jumlasi

• Imtihon simulyatsiyasi: taymer, ball, zaif mavzular, tayyorgarlik foizi

• Uch bosqichli o'rganish, xatolar daftari, imtihon sanasiga qarab kunlik eslatma

• Testni guruhga havola bilan ulashish, do'st taklif qilish, admin panel

Texnik yechimlar:

• AI chiqishi 5 bosqichda tekshiriladi: sxema, manba jumlasi (fuzzy match), takror, matnda yo'q jadvalga havola, mavzu nomlarini birlashtirish

• LLM provayderga bog'lanmagan: Anthropic, Gemini, Groq, OpenRouter, OpenAI-mos API sozlamada almashtiriladi

• Bir xil ma'ruza qayta yuklansa savollar keshdan beriladi, ya'ni generatsiya bir marta bo'ladi

• Og'ir ishlov fon jarayonida (arq) bajariladi, shuning uchun bot hech qachon qotmaydi

• Har AI chaqiruvining xarajati o'lchanadi, hujjat boshiga narx admin panelda ko'rinadi

• systemd, avtomatik tiklanish va kunlik zaxira nusxa

Natija:

• 7 ta real ma'ruzadan 138 ta savol yasaldi. 34 tasini inson baholadi: to'g'rilik 4,65, ravshanlik 4,59, qiyinlik mosligi 4,44

• Holat: mahsulot ishlayapti, yopiq beta tayyorlanmoqda


Jonli demo: Telegram'da @ZachyotUzBot → /start → «Namunani sinab ko'rish»

Buyurtma uchun nima kerak

Telegram username yoki telegram ID

Texnologiyalar va vositalar
  • Platforma: Telegram
  • Dasturlash tili: Python
  • Bot funksiyalari: AI/ChatGPT, Mahsulotlar katalogi, Boshqaruv paneli, Tahlillar, Xabar yuborish, Texnik qo'llab-quvvatlash
Xizmat hajmi

Holat: bot ishga tushirilgan va sinov rejimida ishlab turibdi. To'liq foydalanuvchi sikli jonli tekshirilgan

Bajarish uchun 3 kun 100% natijaga qadar takomillashtirish
Sharhlar 0

Hozircha sharhlar yo'q

35 000 Sum
Bajarish uchun 3 kun 100% gacha qayta ishlash
Buyurtma berish uchun kiring
Qaytarish kafolati
Biror narsa noto'g'ri bo'lsa, pulni qaytaramiz
shahzod_qarshiboyev
shahzod_qarshiboyev
Shahzod Qarshiboyev
0
Bajarilgan buyurtmalar 0
Ishda 0
Ijobiy 0
Salbiy 0
Davlat O'zbekiston
35 000 Sum
Kirish