nurmahmatovv
Backend dasturchiman. Java va Python dasturlash tillari, Spring Boot, FastAPI, PostgreSQL va REST API bilan ishlayman. Backend tizimlarni noldan ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va API yaratish bo‘yicha amaliy tajribam bor.
Shaxsiy loyiham — Orivas Market marketplace platformasini ishlab chiqdim. Loyihada backend arxitekturasi, foydalanuvchilar, e’lonlar, qidiruv, xabar almashish, autentifikatsiya va AI yordamchi kabi funksiyalar ustida ishlaganman.
Shuningdek, Telegram botlar va boshqa web loyihalar yaratganman. Vazifalarni mas’uliyat bilan bajaraman va mijoz talabiga mos, sifatli hamda amaliy yechim yaratishga intilaman.