AutoCAD dasturida turar-joy va hovli uylarini professional loyihalash (2D chizmalar)
Salom! Men AutoCAD dasturida hovli uylari, kottejlar va turar-joy binolarining barcha turdagi 2D chizmalarini amaldagi qurilish me'yorlari asosida professional darajada chizib beraman.
Mening xizmatlarimga quyidagilar kiradi:
- Binoning umumiy o'lchamlari va xonalar rejasi (Планировка)
- Poydevor, devorlar va tom qismining joylashuv chizmalari
- Eshik va derazalar spetsifikatsiyasi
- Mebel va jihozlarning qulay joylashuv sxemasi
Nega aynan men bilan ishlashingiz kerak?
- Chizmalar aniq va tushunarli masshtablarda bajariladi.
- Buyurtma o'z vaqtida, kechikishlarsiz topshiriladi.
- Ish yakunida sizga tayyor .dwg (AutoCAD asl fayli) va sifatli .pdf formatlarida taqdim etiladi.
Buyurtma uchun nima kerak
Uy yoki yer maydonining umumiy o'lchamlari (agar bor bo'lsa, qo'lda chizilgan eskiz yoki rasm).
Xonalar soni va ularning vazifasi bo'yicha sizning shaxsiy xohish-istaklaringiz.
Xizmat hajmi
Xizmat narxi bitta turar-joy binosining to'liq 2D reja chizmasini (barcha xonalar va o'lchamlari bilan) qamrab oladi.
Hozircha sharhlar yo'q