Barchasi grafika va dizayn

Landshaft dizayni bilan fotorealistik eksteryer 3D vizualizatsiyasi

Landshaft dizayni bilan fotorealistik eksteryer 3D vizualizatsiyasi
Xizmat haqida

FOTOREALISTIK EKSTERYER 3D VIZUALIZATSIYA + LANDSHAFT DIZAYNI

Minimal xizmat narxi: 200 USD.

Tayyor bino 3D modeli asosida binoning eksteryeri va unga tutash hudud uchun landshaft dizayni ishlab chiqilib, fotorealistik 3D vizualizatsiyalar tayyorlanadi.

Yakuniy narx hudud maydoni, loyiha murakkabligi, tanlangan uslub, detallar miqdori, renderlar soni va qo‘shimcha talablar asosida belgilanadi.

XIZMAT TARKIBI:

• Eksteryer dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish;

• Landshaft dizayni va hududni obodonlashtirish yechimi;

• Daraxt, buta, gulzor va dekorativ elementlarni joylashtirish;

• Yo‘laklar, dam olish zonalari va boshqa hudud elementlarini ishlab chiqish;

• Materiallar, ranglar va tashqi dekor elementlarini tanlash;

• Tashqi yoritish va muhit atmosferasini ishlab chiqish;

• Tayyor bino 3D modelini sahnaga joylashtirish va atrof-muhit bilan uyg‘unlashtirish;

• Fotorealistik 3D renderlar tayyorlash;

• Preview renderlar orqali asosiy yechimni mijoz bilan kelishish;

• Tasdiqlangan variant asosida final renderlarni tayyorlash.

ISH BOSQICHLARI:

  1. Tayyor bino 3D modeli, hudud ma’lumotlari va texnik topshiriq qabul qilinadi.
  2. Eksteryer va landshaft uslubi hamda konsepsiyasi aniqlanadi.
  3. 3D sahna va atrof-muhit ishlab chiqiladi.
  4. Preview renderlar tayyorlanadi va mijoz bilan kelishiladi.
  5. Kelishilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.
  6. Tasdiqlangan variant asosida final renderlar tayyorlanadi.

MUHIM SHART:

Mijoz tomonidan tayyor va vizualizatsiyaga yaroqli bino 3D modeli taqdim etilishi shart.

Ushbu xizmat doirasida binoni noldan 3D modellashtirish, mavjud bino modelining geometriyasini o‘zgartirish yoki qayta ishlash amalga oshirilmaydi.

2D ishchi chizmalar, batafsil landshaft ishchi hujjatlari, topografik/geodezik loyihalash va muhandislik chizmalari xizmatga kirmaydi.

3ds Max, Corona Scene, materiallar, teksturalar, HDRI va boshqa source fayllar xizmat tarkibiga kirmaydi. Zarur bo‘lsa, ular alohida kelishiladi.

YAKUNIY TOPSHIRILADI:

• Yuqori sifatli JPG/PNG renderlar;

• PDF taqdimot — kelishuv asosida;

• Yakuniy materiallar ZIP arxivida — kelishuv asosida.

TO‘LIQ XIZMAT SHARTLARI:

Buyurtma berishdan oldin xizmat tarkibi, narxni hisoblash tartibi, ish bosqichlari, kerakli materiallar va boshqa muhim shartlar bilan to‘liq tanishish uchun batafsil PDF hujjat bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

To‘liq xizmat shartlari va ish jarayoni:https://drive.google.com/file/d/1BjfgadHLmbacoXODr2_xHjXVw5AypBFr/view?usp=sharing

Agar loyiha bo‘yicha maxsus talab yoki qo‘shimcha istaklar mavjud bo‘lsa, ular ish boshlanishidan oldin alohida kelishib olinadi.

Buyurtma uchun nima kerak

Buyurtma berish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar:

Buyurtmani boshlash uchun mijoz quyidagi ma’lumot va materiallarni taqdim etishi kerak:

  1. Tayyor bino 3D modeli — majburiy;
  2. Hududning aniq o‘lchamlari yoki mavjud bosh reja/masterplan;
  3. Mavjud bo‘lsa, topografik yoki geodezik ma’lumotlar;
  4. Hududning mavjud holatini ko‘rsatuvchi foto va videolar;
  5. Istalgan eksteryer va landshaft dizayni uslubi bo‘yicha referenslar;
  6. Materiallar, ranglar, o‘simliklar, tashqi yoritish va obodonlashtirish bo‘yicha maxsus talablar;
  7. Zarur bo‘lsa, yo‘laklar, dam olish zonalari, avtoturargoh va boshqa elementlarning aniq o‘lchamlari;
  8. Yakuniy renderlardan foydalanish maqsadi — ijtimoiy tarmoqlar, prezentatsiya, portfolio, bosma materiallar va boshqalar;
  9. Kerakli renderlar soni, format va o‘lchamlari.

Muhim: Mijoz tomonidan taqdim etiladigan bino 3D modeli vizualizatsiya uchun tayyor holatda bo‘lishi kerak. Ushbu xizmat doirasida bino qaytadan 3D modellashtirilmaydi va uning asosiy geometriyasi o‘zgartirilmaydi.

Agar mavjud 3D modelda jiddiy xatolar yoki qayta modellashtirishni talab qiladigan muammolar mavjud bo‘lsa, bunday ishlar ushbu xizmat tarkibiga kirmaydi va alohida kelishiladi.

Buyurtma boshlanishidan oldin loyiha hajmi, hudud maydoni, uslub, renderlar soni, muddat va barcha maxsus talablar mijoz bilan kelishib olinadi.

Xizmat hajmi

Ish hajmi: Xizmat mijoz tomonidan taqdim etilgan tayyor bino 3D modeli asosida eksteryerning fotorealistik 3D vizualizatsiyasi va landshaft dizaynini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. • Eksteryer dizayn konsepsiyasi; • Landshaft va hududni obodonlashtirish yechimi; • Daraxt, buta, gulzor va dekorativ elementlarni joylashtirish; • Yo‘laklar, dam olish zonalari va boshqa hudud elementlari; • Material, rang va tashqi yoritish yechimlari; • Tayyor bino 3D modelini sahnaga joylashtirish va muhit bilan uyg‘unlashtirish; • Fotorealistik 3D renderlar; • Preview renderlar orqali asosiy yechimni kelishish; • Tasdiqlangan variant asosida final renderlarni tayyorlash. *Minimal narx: 200 USD.* Yakuniy narx hudud maydoni, loyiha murakkabligi, uslub, detallar, renderlar soni va qo‘shimcha talablar asosida belgilanadi. *Muhim:*Bino 3D modeli mijoz tomonidan tayyor holda taqdim etiladi. Binoni qayta modellashtirish yoki uning geometriyasini o‘zgartirish xizmatga kirmaydi.

Bajarish uchun 5 kun 100% natijaga qadar takomillashtirish
Sharhlar 0

Hozircha sharhlar yo'q

2 000 000 Sum
Bajarish uchun 5 kun 100% gacha qayta ishlash
Buyurtma berish uchun kiring
Qaytarish kafolati
Biror narsa noto'g'ri bo'lsa, pulni qaytaramiz
ajarchvis
ajarchvis
Jasurbek Abduhamidov
0
Bajarilgan buyurtmalar 0
Ishda 0
Ijobiy 0
Salbiy 0
Davlat O'zbekiston
2 000 000 Sum
Kirish