Kafe va restoran uchun QR-menyu: stoldan buyurtma Telegramda
Mehmon stoldagi QR-kodni skanerlaydi, menyuni ochadi va o'z telefonidan buyurtma beradi. Buyurtma darhol ofitsiantga va kassaga Telegramga keladi. Oshxonani ham ulash mumkin, xohlasangiz sozlamalarda yoqasiz.
Nimalar bo'ladi:
har bir stolga alohida QR-kod, chop etishga tayyor;
narxlari bilan menyu;
mehmon stoldan buyurtma beradi, ofitsiantni kutmaydi;
telefoni yo'q mehmon uchun ofitsiant o'zi buyurtma qo'shadi;
«Stol hisobi»: stolning hamma buyurtmalari va xizmat haqi foizi, foizni sozlamalarda o'zgartirasiz.
Ikki paket:
Standart: menyu Telegram chatining o'zida, knopkalar bilan.
Premium: Standartdagi hammasi, lekin menyu ilova kabi ochiladi (Mini App): taomlar rasmi, savat, chiroyli dizayn.
To'lov bir marta, oylik abonent to'lovi yo'q. Xohlasangiz, qo'llab-quvvatlash oyiga 200 000 so'm.
Buyurtmadan oldin kafe demo-botini ko'rsataman, shu yerda chatga yozing.
Buyurtma uchun nima kerak
Narxlari bilan menyu (rasm, Excel yoki matn), taomlar rasmlari bo'lsa (Premium uchun), stollar soni, xizmat haqi foizi va buyurtmani kim oladi: ofitsiant, kassa, oshxona.
Texnologiyalar va vositalar
- Platforma: Telegram
- Dasturlash tili: Node.js
- Bot funksiyalari: Mahsulotlar katalogi, Boshqaruv paneli
Xizmat hajmi
Bitta joy uchun bot: menyu, hamma stollar uchun QR-kodlar, buyurtma kimga borishini sozlash va ishga tushirish.
Premium
Hozircha sharhlar yo'q