Avazbek Jumaqulov
Assalomu alaykum! Ismim Avazbek, 3 yildan ortiq tajribaga ega Full-stack dasturchiman.
Men MERN va PERN stekida tezkor va kelajakda osongina masshtablashuvchi veb-ilovalarni yarataman. Qidiruv tizimlarida a'lo darajada indekslanadigan va yuqori yuklamalarga bardosh beradigan zamonaviy yechimlarga ixtisoslashganman.
🛠 Mening texnologiyalar stekim:
- Frontend: Next.js (SEO, SSR), React, TypeScript.
- Backend: Node.js, Express.js, WebRTC (Mediasoup), Socket.io.
- Ma'lumotlar bazasi: MongoDB, PostgreSQL, Redis.
- Infrastruktura: Docker, Linux (Ubuntu), Git.
- GameDev: Yandex Games va CrazyGames platformalarida o'yinlar ishlab chiqish va nashr qilish.
🚀 Nima uchun aynan men bilan ishlashingiz kerak?
- Performance va SEO: Next.js texnologiyasini shunday sozlaymanki, saytingiz soniyalarda yuklanadi va Google hamda Yandex qidiruv tizimlarida eng yuqori o'rinlarni egallaydi.
- Real-time tizimlar: WebRTC asosida uzluksiz ishlovchi videokonferensiyalar va murakkab chatlarni yaratish bo'yicha kuchli tajribaga egaman.
- Xavfsizlik: Serverlarni LFI, RCE va boshqa turdagi xavfli zaifliklardan (uyazvimostlardan) qat'iy himoya qilaman.
- Kod sifati: Loyihani to'liq TypeScript'da yozaman. Bu xatolarning oldini oladi va kelajakda boshqa dasturchilar uchun ham loyihani qo'llab-quvvatlashni osonlashtiradi.
Ishni kelishilgan muddatda (dedlaynda) topshirishga va toza, sifatli kod yozishga kafolat beraman. Loyiha tafsilotlarini muhokama qilish uchun doimo aloqadaman.
Keling, sizning loyihangizni bugunoq yaratishni boshlaymiz!
Foydalanuvchining hozircha e'lon qilingan mahsulotlari yo'q
Hozircha sharhlar yo'q