Men Sardorbek Samijonov — full-stack veb-dasturchi va tizim arxitektoriman. 2024-yildan beri 60+ loyiha ishlab chiqqanman: LMS ta'lim platformalari, e-commerce, IoT monitoring tizimlari, Telegram botlar, sayyohlik saytlari va korporativ panellar.
Asosiy yo'nalishim — NestJS + Next.js. Backend tomonda PostgreSQL/MongoDB, Redis, Socket.IO va MQTT bilan production darajasidagi REST API, real-time hamda IoT tizimlar, Microservices arxitekturasini quraman. Frontend tomonda Next.js, React va Tailwind bilan tez, zamonaviy interfeyslar yarataman.
Nimalarni qila olaman:
• Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va tizimlashtirish (CRM, ERP, ichki panellar)
• To'liq veb-saytlar va veb-ilovalar — oddiy landingdan murakkab platformagacha
• Telegram botlar va integratsiyalar (Payme, Click, Eskiz SMS, Google Gemini AI)
• To'lov tizimlari va e-commerce yechimlari
• Real-time va IoT tizimlar (WebSocket, MQTT)
• Mavjud loyihani qo'llab-quvvatlash, optimizatsiya va deploy (Docker, NGINX, CI/CD)
Ingliz tili — C1. Loyihani g'oyadan to ishga tushgunga qadar mustaqil yetkazib beraman. Kichik vazifadan murakkab tizimgacha — har qanday ishni sifatli va o'z vaqtida bajaraman.
Foydalanuvchida hali portfolioda ishlar yo'q
Foydalanuvchida hali e'lon qilingan xizmatlar yo'q
Hozircha sharhlar yo'q